Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Hujumchi Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, balki Ispaniya terma jamoasini ham tanlash imkoniyati bo'lganini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so'zlariga ko'ra, u allaqachon «Barselona» safida o'ynab yurgan paytda unga shu yo'nalishda takliflar ham bo'lgan. U erta yoshida Barselonaga ko'chib kelgani, tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani sababli bunday variant haqiqatan ham real ko'ringan.
Shunga qaramay, futbolchi tanlovida ikkilanmaganini ta'kidladi: uning qalbi doimo Argentina bilan bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan birga jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing