Messi bir paytlar Ispaniya termasida o'ynashi ham mumkin edi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilish ehtimoli bo'lganini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so'zlariga ko'ra, u "Barselona"da to'p sura boshlagan davrda Ispaniya termasiga o'tish varianti kun tartibiga chiqqan. Futbolchiga bu yo'lda takliflar bo'lganini, bunday holat ko'plab o'yinchilar bilan ham uchrashini eslatishganini ta'kidladi. Biroq Messi tanlovda ikkilanmaganini aytib, yuragi doimo Argentina tomonida bo'lganini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing