Messi bir paytlar Ispaniya termasida o'ynashi mumkin edi

Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi safida ham to'p surish ehtimoli bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchining so'zlariga ko'ra, u «Barselona»da o'ynay boshlagan davrda bunday variant kun tartibiga chiqqan: unga ishora ham qilingan, takliflar ham bo'lgan. Messi esa yoshligida Barselonaga ko'chib kelgani va tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani uchun bu imkoniyat real bo'lganini tan oldi.
Shunga qaramay, futbolchi tanlovni o'zgartirmaganini ta'kidladi: uning qalbi doimo Argentina bilan bo'lgan. Messi bu fikrlarni Miro De Atras dasturida bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!