Messi Ispaniya terma jamoasida o'ynashi ham mumkin edi

Hujumchi Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasi safida ham maydonga tushish ehtimoli bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so'zlariga ko'ra, u allaqachon «Barselona»da to'p surayotgan paytda Ispaniya tomoni bu variantni taklif qilgan. Futbolchiga bunday holat ko'plab o'yinchilar amaliyotida uchrashi, uning esa juda erta Barselonaga ko'chib kelib, tayyorgarlikning asosiy qismini klub akademiyasida o'tagani sababli imkoniyat real ekani eslatilgan.
Shunga qaramay, Messi tanlovida qat'iy bo'lganini ta'kidladi: «Yuragim doim Argentina bilan edi», — dedi u Miro De Atras dasturida.
Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing