Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bir paytlar milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasini tanlash imkoniyati bo'lganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining aytishicha, u “Barselona”da o'ynay boshlagan davrda bunday variant jiddiy ko'rib chiqilgan: unga ishora qilishgan va taklif ham bildirgan. Futbolchi Ispaniyaga juda erta ko'chib kelgani, tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tagani sababli bu yo'l real bo'lganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, Messi qarorini o'zgartirmaganini aytdi: uning qalbi doim Argentina bilan bo'lgan. Eslatib o'tamiz, u 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing