Bavariyada faqat Nikolas Jekson o'z rolidan norozi

Myunxenning “Bavariya” klubida hujumchi Nikolas Jekson o'zining jamoardagi hozirgi holatidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild nashri xabariga ko'ra, senegallik futbolchi tarkibda o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'layotgan yagona o'yinchi hisoblanadi. Uning hafsalasi pir bo'lgani jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko'nikib, ko'proq daqiqa olish uchun o'zini ko'rsatishga urinmoqda.
“Bavariya” Jeksonni 2025 yil sentabrida “Chelsi”dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgan. Kelishuvda futbolchini 65 million yevroga sotib olish bandi ham bor. Joriy mavsumda Jekson barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi va 1 golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing