date

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chiptalar tezda sotildi

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chiptalar tezda sotildi

Bir oycha vaqt qolganida, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari “Finalissima” — Yevropa chempioni hamda jahon chempioni o‘rtasidagi superfinalda to‘qnash keladi. Bahs Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nihoyatda yuqori: 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida to‘liq sotilib ketdi. Lionel Messi va Lamin Yamal ishtirok etishi muxlislar e’tiborini yanada oshirmoqda.

O‘yin aynan argentinaliklar jahon chempionati finalida fransuzlarni mag‘lub etgan o‘sha stadionda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda navbatdagi jahon chempionati start oladi: turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Unda ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima uchrashuvi uchun barcha chiptalar tezda sotildi