date

Finalissima uchun barcha chipta bir necha soatda tugadi

Finalissima uchun barcha chipta bir necha soatda tugadi

Bir oy o‘tib, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari «Finalissima»da maydonga tushishi kutilmoqda. Yevropa chempioni va jahon chempioni o‘rtasidagi superfinal Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nihoyatda yuqori: 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida sotilib ketdi. Lionel Messi va Lamin Yamal to‘qnashuvi muxlislarni alohida o‘ziga tortmoqda.

O‘yin o‘tkaziladigan stadion Argentina 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etgan ayni arena hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda navbatdagi Jahon chempionati start oladi: turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi va unda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima uchun barcha chipta bir necha soatda tugadi