Kostakurta Atalanta o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Italiyaning «Atalanta» klubi Chempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqqan A Seriyaning yagona jamoasiga aylandi. Dastlabki uchrashuvda Dortmundning «Borussiya»siga 0:2 hisobida yutqazgan bergamoliklar javob bahsida to'liq reabilitatsiya qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so'ng «Milan»ning sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurta «Atalanta»ning o'yinini yuqori baholadi. Uning ta'kidlashicha, jamoa kutilmaganda juda kuchli futbol namoyish etib, Italiya futboli elitasi orasidagi o'rnini yana bir bor isbotladi.
Kostakurta, shuningdek, Mario Pashalichning yetakchilik fazilatlariga alohida urg'u berdi. «Bunday liderlikni men Franko Barezidan beri ko'rmagandim», deya uning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Eslatib o'tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasi g'olibi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!