date

Rodrigo uchun birdaniga besh klub kurash boshlashi mumkin

Rodrigo uchun birdaniga besh klub kurash boshlashi mumkin

Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigo mavsum yakunida jamoasini o‘zgartirishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Inter» futbolchining «Real»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Shuningdek, Angliyaning «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» klublari hamda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi ham hujumchiga qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, Rodrigo «Real»da qolishni istaydi, biroq zaxirada muntazam o‘tirishga tayyor emasligi ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 26 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Rodrigoning hozirgi bozor bahosi 60 million yevroni tashkil etadi. 2024 yil yozida esa braziliyalik futbolchi 110 million yevroga baholangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodrigo uchun birdaniga besh klub kurash boshlashi mumkin