date

Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyida ikki nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarda Nikaragua bilan maydonga tushishi ma'lum qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 31 mart kuni Rossiya — Mali o'rtasidagi BetBoom uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin Sankt-Peterburgda tashkil etiladi va start hushtagi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 36-o'rinda bormoqda. Bo'lajak raqib Mali esa 54-pog'onani egallagan. Ularning atrofida Peru va Chili terma jamoalari joylashgan bo'lib, Karpin shogirdlari o'tgan yil noyabr oyida aynan shu jamoalarga qarshi o'ynagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan o'ynaydi