date

Al-Hilol duranglari ortidan Indzagi bosim ostida qoldi

Al-Hilol duranglari ortidan Indzagi bosim ostida qoldi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi turlardagi bir nechta durang jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon ortidan Saudiya futbolida Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Xususan, «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam qarayapti: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya ham ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar orasida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol duranglari ortidan Indzagi bosim ostida qoldi