Luis Enrike PSJ va Chelsi uchrashuvida revansh yoqligini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finaliga tashlangan qurani izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi bu bosqichda Chelsiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalarning so'nggi to'qnashuvi iyul oyida Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida bo'lib o'tgan, o'shanda londonliklar fransuz grandini 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratgandi.
"Revansh hissi yo'q, ammo ingliz jamoalariga qarshi o'yinlar doim juda kuchli motivatsiya beradi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan beri ko'p narsa o'zgardi — hozir vaziyat butunlay boshqacha", — deya Luis Enrikening so'zlarini Topskills Sports UK keltirdi.
PSJ uchun uy uchrashuvi 11 mart kuni o'ynaladi. Javob bahsi 17 martda Angliya poytaxti Londonda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!