date

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi iste'foga yaqinlashdi

Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi iste'foga yaqinlashdi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag'lubiyatsiz ketmoqda, biroq so'nggi turlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onagacha tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi borasida gap-so'zlar kuchaygan, «Al-Hilol» muxlislari orasida italiyalik mutaxassisga nisbatan norozilik ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi tovon puli ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi, undan yuqorida faqat Diego Simeone bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilolda duranglar ko'paydi, Indzagi iste'foga yaqinlashdi