date

Yurgen Klopp Realga kelish uchun shartlarini bildirdi

Yurgen Klopp Realga kelish uchun shartlarini bildirdi

Dortmundning “Borussiya”si va “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning “Real” klubiga mumkin bo‘lgan hamkorlik bo‘yicha bir qator talablarni ilgari surdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq “qirollik klubi” nemis mutaxassisini bosh murabbiylikka taklif qilishga tayyor ekani, Klopp esa bu variantni ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Topskills Sports UK manbasiga ko‘ra, Klopp “Real”ga kadrlar siyosati bo‘yicha o‘z pozitsiyasini darhol yetkazgan. U jamoaga ikki nafar yangi markaziy himoyachi, ikki yarim himoyachi zarurligini ta’kidlagan, shuningdek, hujumchi Endrikni qaytarish masalasini ham ko‘tarilgan.

Bundan tashqari, Klopp tarkibdagi ayrim o‘zgarishlarni ham rejalashtirmoqda: xabarda aytilishicha, u Jud Bellingem va Eduardo Kamavinga bilan xayrlashish niyatida.

Manbaga ko‘ra, Klopp klub bilan muzokaralar boshidayoq o‘z shartlarini ochiq aytishni muhim deb bilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp Realga kelish uchun shartlarini bildirdi