Gvardiola Chempionlar Ligasi nihoyatda murakkabligini ta'kidladi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasidagi raqobat darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Shaharliklar” 1/8 final bosqichida yana bir bor Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Chempionlar Ligasi juda murakkab. Har qanday jamoani oling — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Bu turnirda uzoqqa bormoqchi bo‘lsangiz, eng kuchlilarni yutishingiz kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq emassiz”, — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
O‘tgan mavsum Yevropaning eng nufuzli turnirida “Manchester Siti” aynan “Real”ga yutqazib musobaqani tark etgan, bu esa pley-offning o‘tish raundidayoq sodir bo‘lgan edi. Joriy kampaniyada esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelib, o‘shanda ingliz grandi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!