date

Laporta Barselonani La Liga chempioni deb e'lon qildi

Laporta Barselonani La Liga chempioni deb e'lon qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta joriy La Liga mavsumida chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbari so'zlariga ko'ra, «Barselona» so'nggi uchta finalda «Real»ni mag'lub etgan va bu mavsum ham barcha prognozlarga qaramay Ispaniya chempioni bo'lishiga ishonchi komil.

Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» hozirgi amaldagi chempion hisoblanadi.

Turnir jadvalida Hans-Diter Flik qo'l ostidagi jamoa 61 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi va «Real»dan bir ochkoga oldinda. «Barselona» chempionatdagi navbatdagi o'yinini o'z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Barselonani La Liga chempioni deb e'lon qildi