date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka ishi uchun qamoq kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka ishi uchun qamoq kutmoqda

Turkiya futbolida shov-shuvli holat: «Galatasaray» va «Fenerbahche» klublari vakili bo‘lgan ikki futbolchi tikish (stavka) bilan bog‘liq ish sababli qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» himoyachisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Ularning birinchisiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish xavfi tahdid solmoqda.

Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» o‘yinlariga stavka qo‘ygan. U o‘sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, jamoa qaydnomasidan joy olgan, bu esa nazariy jihatdan o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazish imkonini istisno qilmaydi.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi bukmekerlarga o‘zining professional sportchi ekanini bildirishi shart edi, biroq u buni bajarmagani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka ishi uchun qamoq kutmoqda