Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda kuchli dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat va har bir bosqichning murakkabligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliya klubi 1/8 finalda yana Madridning "Real" jamoasiga qarshi to'qnash keladi.
"Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani oling — har birining o'z kuchli tomoni bor. Bu turnirda uzoqqa borishni istasangiz, eng kuchlilarni yutishingiz kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq bo'lmaysiz", — dedi ispan mutaxassisi matbuot anjumanida.
O'tgan mavsumda "Manchester Siti" aynan "Real"ga qarshi bahsda Yevropaning eng nufuzli musobaqasini tark etgandi — jamoa pley-offning stykov bosqichidayoq to'xtab qolgan. Joriy mavsumda esa ular umumiy bosqichda uchrashib, o'shanda g'alaba ingliz grandiga nasib etgan (2:1).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!