date

Bordalas Real murabbiyi Arbeloa haqida fikr bildirdi

Bordalas Real murabbiyi Arbeloa haqida fikr bildirdi

"Xetafe" bosh murabbiyi Xose Bordalas Madridning "Real" jamoasini boshqarayotgan Alvaro Arbeloa haqida o'z fikrini aytdi. Jamoalar La Liganing 26-turida 2-mart, dushanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida to'qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bordalasning ta'kidlashicha, Arbeloa murabbiylikda endigina yo'lini boshlagan bo'lsa-da, kelajakda katta yutuqlarga erishish salohiyatiga ega. U hamkasbiga omad tilab, "Real"dagidek ulkan mas'uliyat sharoitida ham o'zini ko'rsata olishini qayd etdi.

Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Alvaro Arbeloa yanvar o'rtalaridan beri "Real" bosh murabbiyi lavozimida ishlamoqda. U bu postda ishdan bo'shatilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bordalas Real murabbiyi Arbeloa haqida fikr bildirdi