Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikishlar uchun qamoq kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche safida to‘p suradigan ikki futbolchi tikishlar bilan bog‘liq holat sabab Turkiyada qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaray futbolchisi Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ulardan birinchisiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solayotgani aytilmoqda.
Sabah xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta Galatasaray o‘yinlariga tikish qilgan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasidan joy olgan — bu esa futbolchining o‘yin natijasiga bilvosita ta’sir o‘tkazish ehtimolini oshiradi.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga binoan, u bukmekerlarga professional sportchi ekanini bildirishi shart bo‘lgan, ammo futbolchi buni qilmagani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!