date

Arbeloa Real Manchester Siti o'yiniga to'liq tayyor bo'ladi

Arbeloa Real Manchester Siti o'yiniga to'liq tayyor bo'ladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Manchester Siti»ga qarshi bo'lajak to'qnashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis ikki grand o'rtasidagi uchrashuv juda qiziqarli o'tishini ta'kidladi. Arbeloaning aytishicha, raqibning kuchi «Real» muxlislari uchun bu bahsning qadrini yanada oshiradi va jamoa hal qiluvchi pallaga kelib to'liq tayyor holatda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar ligasi 1/8 finalida to'qnash keladi. Dastlabki uchrashuv 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsumda Chempionlar ligasida «qaymoqranglilar» «shaharliklar»ni pley-off bosqichida musobaqadan chiqarib yuborgan edi (3:2, 3:1).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Real Manchester Siti o'yiniga to'liq tayyor bo'ladi