"Arsenal" klubi 2026-27-yilgi mavsum uchun yangi liboslar dizaynini tasdiqladi

Londonning "Arsenal" klubi 2026-27-yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi liboslar dizayni va narxlari haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, asosiy to‘plam an’anaviy qizil rangda qoladi, safar va uchinchi liboslar esa retro uslub hamda o‘tmishdagi muvaffaqiyatli dizaynlardan ilhomlangan holda tayyorlanadi. Yangi formalar 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng to‘liq taqdim etilishi va sotuvga chiqishi kutilmoqda. Liboslarning narxi turiga qarab 80 funtdan 120 funtgacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Londonning "Arsenal" klubi 2026-27-yilgi mavsum uchun mo'ljallangan yangi liboslar dizayni va narxlari bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni ochiqladi. Garchi klub va "Adidas" kompaniyasi hozircha rasmiy bayonot bermagan bo'lsa-da, tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, asosiy libos an'anaviy qizil rangda qolib, yeng va yoqa qismlarida chaqmoqsimon naqshlar paydo bo'ladi. Asosiy to'plamning may oyi oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Mehmon uchrashuvlari uchun mo'ljallangan libos 1990-yillar boshidagi mashhur dizayndan ilhomlangan holda tayyorlanadi. Unda to'q ko'k rang asosiy fon bo'lib, sariq va qizil detallar bilan boyitiladi. Shuningdek, ushbu libosda klubning to'liq logotipi o'rniga soddalashtirilgan to'p ramzi saqlab qolinishi va retro uslubdagi brend belgisi qaytishi kutilmoqda. Ushbu to'plam iyul yoki avgust oylarida, 2026-yilgi Jahon chempionatidan so'ng taqdim etiladi.
Uchinchi libos esa och sariq rangda bo'lib, ko'k rangli logotiplar bilan bezatiladi. Bu dizayn klubning 2021-22-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli libosini yodga soladi. Narxlarga kelsak, muxlislar uchun mo'ljallangan nusxalar 80 funt sterling, futbolchilar kiyadigan professional variantlar esa 120 funt sterling atrofida baholanishi taxmin qilinmoqda.































Izohlar 0
…