Krishtianu Ronaldu jarohati haqida yangi ma’lumotlar chiqdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni “Al-Feyha”ga qarshi uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin 3:1 hisobida Жorje Jejush boshchiligidagi jamoa foydasiga yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan ham foydalana olmadi. Uchrashuv so‘ngida yulduzli futbolchini maydondan olishga to‘g‘ri keldi.
Al Nassr Zone saudiya OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa qismi payi (hamstring)dan jarohat olgan. Agar oddiy cho‘zilish bo‘lsa, tiklanish 3–5 kun davom etadi. Eng yomon holatda mushakda uzilish aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko‘proq muddatni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 o‘yinda 21 ta gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!