date

PSJ yarim final oldidan Vitinyani yo'qotishi mumkin

PSJ yarim final oldidan Vitinyani yo'qotishi mumkin

«PSJ» yarim final oldidan jiddiy jarohat bilan to'qnash keldi. Klubning yarim himoyachisi Vitinya «Olimpik Lion»ga qarshi o'yinda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida, jamoasi 0:2 hisobida ortda qolgan bir paytda, Luis Enrique jarohatlangan futbolchini Varen Zair-Emeryga almashtirdi. Vitinya havodagi kurashdan so'ng o'ng oyog'ini noto'g'ri qo'ygan va darhol o'yinni davom ettira olmasligini bildirdi.


26 yoshli futbolchi dastlab kiyinish xonasiga ketdi, so'ngra oyog'iga og'irlik bera olmay, cho'qillab zaxira o'rindig'iga qaytdi. Jarohatning aniq darajasi hali ma'lum emas.

Ushbu holat tufayli yarim himoyachining 28 aprel kuni Parijda bo'lib o'tadigan «Bavariya»ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvida ishtirok etishi shubhali bo'lib qoldi. Javob uchrashuvi bir haftadan keyin Myunxendagi «Alliyants Arena»da bo'lib o'tadi.

Shu bilan birga, «Bavariya» ham muhim yo'qotishga uchradi. Serje Gnabri mashg'ulotlar paytida adduktor mushagini cho'zib olgani sababli mavsumning qolgan qismida, jumladan, «PSJ»ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.

«Lion»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, Parij klubi jadvalda yetakchilikni saqlab qoldi, biroq «Lens» bilan oradagi farq bor-yo'g'i bir ochkoga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ yarim final oldidan Vitinyani yo'qotishi mumkin