Gvardiola Man Sitidan ketayotgan Silvaga minnatdorchilik bildirdi

"Manchester Siti" "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. O'yin yakunida bosh murabbiy Pep Guardiola jamoani tark etayotgan yarim himoyachi Bernardo Silva uchun minnatdorchilik bildirdi. Guardiola Silva 9 yillik faoliyati davomida har doim jamoa uchun fidokorona harakat qilganini va uning nomini klub afsonalari ro'yxatiga yozish kerakligini ta'kidladi. "Siti" endi "Bernli"ga qarshi o'ynaydi, bu o'yindagi g'alaba ularga Premyer-ligada birinchi o'ringa chiqish imkonini beradi.
"Man Siti" "Arsenal" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin yakunida bosh murabbiy Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Bernardo Silvaga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Portugaliya reprezentativ jamoasi a'zosi yozda klubni tark etishi e'lon qilingan. Futbolchi "Etihod" stadionida 9 yil davomida faoliyat yuritdi.

Gvardiola Silvaning intizomi va mentalitetini yuqori baholadi. Murabbiyning ta'kidlashicha, futbolchi jamoa uchun har doim fidoyi bo'lgan va qiyin vaziyatlarda o'zini ko'rsatgan.
"Uning ismini afsonalar ro'yxatiga katta harflar bilan yozish kerak. To'qqiz yil davomida har bir o'yinda o'zini isbotladi", — dedi Gvardiola.

Endilikda "Man Siti" chorshanba kuni "Bernli"ga qarshi o'ynaydi. G'alaba jamoaga Premyer ligadagi jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilish imkonini beradi.































Izohlar 0
…