Endrik: "PSJni yutganimizdan xursandman"

Parijda kechgan o'yinda "Lion" jamoasi "PSJ"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, katta natijaga erishdi. Uchrashuvdagi asosiy qahramon "Real Madrid"dan ijaraga olingan braziliyalik yosh futbolchi Endrik bo'ldi. Uning bir gol urishi va bir golga uzatma berishi "Lion"ning kelasi mavsum Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Chempionlar ligasida yaqinda "Liverpul" ustidan yirik g'alaba qozongan "PSJ"ga qarshi o'yinda "Lion" tezkor gol urdi. Oltinchi daqiqada Endrik, Afonso Moreyra uzatmasidan foydalanib, darvozabon Matvey Safonovni dog'da qoldirdi. O'n ikki daqiqa o'tgach, Endrik bu safar golli uzatmani amalga oshirdi va Moreyra hisobni ikkilantirdi. Bu esa Luis Enrike boshqaruvidagi "PSJ"ni butunlay shok holatiga tushirdi.

O'yinning yarim soatidan ko'proq vaqt o'tgach, "PSJ" jarima maydonchasida Ainsley Maitland-Niles tomonidan yiqitilgan Lukas Ernandesga nisbatan penalti belgilandi. Gonchalu Ramush penaltini aniq amalga oshira olmadi, Dominik Greif uning zarbasini qaytardi. Tanaffus oldidan Vitinya jarohat olib maydonni tark etdi. "Lion" himoyasi Abner Vinisiusning ajoyib qaychi uslubidagi zarbasini qaytargan Safonovning seyvidan keyin ham mustahkamligicha qoldi va tanaffusga ikki gol ustunlik bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo'limda "PSJ" hisobni tenglashtirish uchun hujumga o'tdi. Luis Enrike zaxiradan Xvicha Kvaratsxeliya, Usman Dembele va Li Kang-in kabi kuchli futbolchilarni maydonga tushirdi. Biroq, "Lion" himoyasi chidamlilik ko'rsatdi. 55-daqiqada Moreyra hisobni uchinchi golga oshirishi mumkin edi, ammo Safonov uning zarbasini qaytardi.

O'yinning qo'shimcha daqiqalarida Kvaratsxeliya tomonidan kiritilgan gol "PSJ" uchun juda kech bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "PSJ" turnir jadvalida "Lens"dan atigi bir ochko oldinda qoldi. "Lion" esa to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va Endrikning o'yinini hisobga olgan holda, Yevropa klublarining eng yuqori turnirlaridan birida ishtirok etishga umid qilmoqda. "Lion" keyingi o'yinini 25 aprel kuni o'z uyida "Okser"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!