date

Arteta: «Biz to'xtamoqchi emasmiz»

Arteta: «Biz to'xtamoqchi emasmiz»

"Arsenal" "Man Siti" bilan bo'lib o'tgan bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Erling Xolandning ikkinchi yarimda urgan goli "Man Siti"ga g'alabani ta'minladi. Natijada londonliklar jadval to'qqusida yetakchilikdagi ustunliklarini 3 ochkoga qisqartirdi. Gvardiola jamoasi bir o'yin zaxiraga ega bo'lib, "Burnli"ni yengsa, gollar farqi hisobiga yetakchiga aylanishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvda Rayan Sherki mezbonlar hisobini ochdi, Kai Xaverts esa Donnarumma xatosidan foydalanib durangni qaytardi. Biroq Xaverts imkoniyatlarni boy berdi va o'yin natijasini o'zgartira olmadi.


Bosh murabbiy Mikel Arteta jamoasining ruhiy holati haqidagi shubhalarni rad etdi. U futbolchilar chempionlikni qo'lga kiritishga avvalgidan ko'ra ko'proq ishonganini ta'kidladi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, jamoa besh tur qolgan vaziyatda asosiy maqsad sari harakatini to'xtatmaydi.

Endilikda "Arsenal" "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'radi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko" bilan to'qnashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: «Biz to'xtamoqchi emasmiz»