date

Lionel Messi Neymar haqida: U har doim dunyoning eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi

Lionel Messi Neymar haqida: U har doim dunyoning eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi

Lionel Messi oʻzining sobiq jamoadoshi Neymar haqida iliq fikrlar bildirdi. Inter Mayami sardori jarohatlar sababli qiyin davrni boshdan kechirayotgan braziliyalik futbolchi jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq ekanligini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Barselona va PSJ klublarida birga toʻp surgan Messi Lo del Pollo shousida bergan intervyusida shunday dedi: "Biz jahon chempionatida eng yaxshi oʻyinchilarni koʻrishni istaymiz. Neymar qanday formada boʻlishidan qatʼi nazar, har doim eng kuchlilar qatorida boʻladi. Uning Braziliya va futbol olami uchun ahamiyati juda katta".

Argentinalik yulduz Neymarning oʻziga xos xarizmasi va samimiy xarakterini alohida qayd etdi. Messining soʻzlariga koʻra, Neymar hech qachon sunʼiy qiyofa yaratmaydi va hayotni boricha, erkin yashaydi, bu esa zamonaviy futbolda kam uchraydigan holat.

Jahon chempionatidagi favoritlar haqida gapirar ekan, Messi Fransiya va Ispaniya terma jamoalarini yuqori baholadi. Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi oxirgi paytlarda barqaror oʻyin koʻrsatmayotgan boʻlsa-da, har qanday yirik turnirda chempionlik uchun asosiy daʼvogarlardan biri boʻlib qolishini qoʻshimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi Neymar haqida: U har doim dunyoning eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi