Digg sunʼiy intellekt yangiliklarini saralovchi platforma sifatida qaytmoqda

1 daqiqa o'qish168
Digg sunʼiy intellekt yangiliklarini saralovchi platforma sifatida qaytmoqda

Mashhur link-ulash xizmati Digg oʻz faoliyatini yangicha formatda qayta tiklamoqda. Avvalroq Reddit platformasiga raqobatchi sifatida qayta ishlangan loyiha botlar hujumi va yetarlicha farqlanmagan funksionallik sababli yopilishga majbur boʻlgan edi. Endilikda kompaniya asoschisi Kevin Rose loyihani butunlay yangi yoʻnalishda, yaʼni sunʼiy intellekt (AI) yangiliklarini saralovchi agregator sifatida qayta ishga tushirdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi Digg platformasining asosiy maqsadi — maʼlum bir sohadagi eng nufuzli manbalarni kuzatish va foydalanuvchilar uchun haqiqatan ham ahamiyatli boʻlgan xabarlarni ajratib koʻrsatishdir. Hozircha loyiha faqat AI yoʻnalishidagi yangiliklar bilan ishlamoqda, biroq muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda, qamrov doirasi kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Platforma oʻz reyting tizimini yaratishda X ijtimoiy tarmogʻidan olinadigan real vaqt rejimidagi maʼlumotlarga tayanadi. Digg algoritmlari kontentni tahlil qilish, klasterlash va foydalanuvchilarning munosabatini oʻrganish orqali eng dolzarb mavzularni aniqlaydi. Foydalanuvchilar sahifada eng koʻp koʻrilgan, muhokama qilinayotgan va tez ommalashayotgan yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.

Hozirgi bosqichda loyiha beta-test rejimida ishlamoqda va baʼzi texnik kamchiliklarga ega. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, bu hali yakuniy mahsulot emas, balki foydalanuvchilarga yangi konsepsiyani taqdim etish uchun moʻljallangan dastlabki versiyadir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?