Jose Mourinho Real Madridga qaytish uchun ikkita shart qo‘ydi

Real Madrid jamoasi murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar doirasida Jose Mourinho bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, klub rahbariyati jamoani inqirozdan olib chiqish uchun aynan portugaliyalik mutaxassis nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Mourinho «Bernabeu»ga qaytish uchun ikkita muhim shart qo‘ygan. Birinchidan, u klubning transfer siyosatiga to‘liq ta’sir o‘tkazish huquqini talab qilmoqda. Murabbiy tarkibdagi nomutanosiblikni bartaraf etish uchun aynan qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish kerakligini o‘zi hal qilmoqchi.
Ikkinchi shart esa klub ichki tuzilmasi va murabbiylar shtabining avtonomiyasiga bog‘liq. Mourinho sport departamenti ishiga aralashuvni cheklashni va o‘z qarorlarining mustaqilligini kafolatlashni talab qilmoqda.
Hozirda Benfica boshqaruvida bo‘lgan mutaxassisning agenti Jorge Mendes va Madrid klubi vakillari o‘rtasida dastlabki muloqotlar boshlangan. Biroq, tomonlar mavsum yakunlangunga qadar muzokaralarni rasmiylashtirmaslikka kelishib olishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!