Robert Lewandowski Barselonadagi kelajagi va MLS variantlari haqida gapirdi

Barselona hujumchisi Robert Lewandowski yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkinligini istisno qilmadi. Polshalik futbolchi o'z faoliyatini jismoniy jihatdan kamroq talabchan bo'lgan ligalarda davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
37 yoshli hujumchi Eleven Sports telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: "Men deyarli 38 yoshdaman, ammo o'zimni jismonan yaxshi his qilyapman. Kichikroq ligalarda o'ynash va hayotdan zavq olish imkoniyatini inkor etmayman". Lewandowski uzoq vaqtdan beri AQShning MLS ligasi, xususan Chicago Fire klubi bilan bog'lanib kelinmoqda.
Hozirda futbolchining Barselona bilan shartnomasi yakuniga yetishiga 51 kun qolgan. Klub unga maoshni kamaytirish sharti bilan shartnomani uzaytirishni taklif qilgan bo'lsa-da, tajribali hujumchi yakuniy qarorga kelmaganini va boshqa takliflarni ham ko'rib chiqishini ta'kidladi.
O'zining boy faoliyati haqida gapirar ekan, Lewandowski o'ynagan barcha klublarida chempionlikka erishganidan faxrlanishini bildirdi. U jamoadoshi Wojciech Szczesnyning faoliyatini yakunlash haqidagi maslahatiga hazil bilan javob qaytarib, hali maydonda o'zini ko'rsatishga kuch-quvvati yetarli ekanini qo'shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!