Gari O'Nil Strasburg egalarini transfer siyosati va klub madaniyatini buzganlikda aybladi

Strasburg bosh murabbiyi Gari O'Nil klub egalari BlueCo konsorsiumini keskin tanqid ostiga oldi. Uning so'zlariga ko'ra, Chelsi egalari bo'lgan ushbu guruh noto'g'ri transfer siyosati va klub ichidagi nosog'lom muhit orqali jamoaning salohiyatini pasaytirib yuborgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Yanvar oyidagi transfer oynasi davomida jamoa kuchayish o'rniga zaiflashganini ta'kidlagan mutaxassis, ayniqsa, Chelsi tomonidan ijaraga olingan futbolchilarning chaqirib olinishi va tarkibdagi o'zgarishlar jamoa o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatganini bildirdi. O'Nilning fikricha, ko'p klubli model Strasburg manfaatlaridan ko'ra Chelsi aktivlarini boshqarishga ko'proq e'tibor qaratmoqda.
Anjer bilan durangdan so'ng L'Equipe nashriga bergan intervyusida murabbiy jamoaga yangi hujumchilar zarurligini va klub madaniyatini tubdan o'zgartirish kerakligini aytdi. U futbolchilarni oxirgi o'yinlarda jangovar ruh ko'rsatmaganlikda ayblab, mavsum yakunida tarkibda katta tozalash ishlari bo'lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Gari O'Nil o'z shogirdlarining maydondagi harakatsizligidan noroziligini yashirmadi. U futbolchilarga futbol olami shafqatsiz ekanligini va har bir uchrashuv finaldek o'tishi kerakligini eslatib, kelasi mavsumda jamoada qolish uchun har bir o'yinchi o'zini ko'rsatishi shartligini ta'kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!