10:34 / 27.10.2017
5 069

Messisi bor Argentina termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini 1 million dollar turadi

Messisi bor Argentina termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini 1 million dollar turadi
Argentina milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish mumkinmi? «Ha», — deb javob bersa bo‘ladi. Agar oldindan 1 million AQSH dollari to‘lab qo‘yilsa, deb yozadi Daryo nashri.

JCH—2018 dan chetda qolgan Ukraina termasi Rossiyadan kam bo‘lishni istamay, Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirayotgandi. FootballHub nashri ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar Argentina tomoni 1 million dollar so‘raganidan keyin boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

11 noyabr kuni Messi va jamoadoshlari Moskvadagi «Lujniki» stadionida Rossiyaga qarshi saf tortadi. FIFA kunidan unumli foydalanishni istagan Ukraina oradan 3 kun o‘tib, 14 noyabri Argentinani Kiyevda qabul qilishni istagandi. Biroq summa e’lon qilingach, Ukrain shashtidan qaytdi.

14 noyabr kuni Rossiya o‘z maydonida Ispaniyani qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messisi bor Argentina termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini 1 million dollar turadi