12:40 / 30.01.2018
4 413

Isroil va Sanjar “India Open” turnirining keyingi bosqichiga yo‘l olishdi

Isroil va Sanjar “India Open” turnirining keyingi bosqichiga yo‘l olishdi
Hindistonda boks bo‘yicha “India Open” xalqaro turniri bahslari davom etmoqda.

75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov hindistonlik Deno Feroja bilan kuch sinashib, jangni ikkinchi raunddayoq tamomlashga erishdi va keyingi davraga yo‘l oldi.

Shuningdek, 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar qarama-qarshiligida yosh bokschimiz Sanjar Tursunov kamerunlik Kristian Ndziye Soyega qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan jang yakunida, hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini e’tirof etishdi.

Afsuski, eng yengil vaznli bokschilar o‘rtasida kechgan to‘qnashuvda (46-49 kg) Mironshoh Ibragimov ilk uchrashuvni filippinlik Ramel Magadoga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil va Sanjar “India Open” turnirining keyingi bosqichiga yo‘l olishdi