6 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida Ektor Kuperrasman tanishtirilishi haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga 3 nafar yordamchisi bilan tashrif buyuradi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasini 2019 yilda yirik xalqaro musobaqa kutib turibdi. Ektor Kuperga keyingi yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan Osiyo kubogiga terma jamoamizni olib borish bilan birga, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogining saralash bahslarida muvaffaqiyat qozonish vazifasi qo‘yilgan.
Unga bu yo‘lda yordam beradigan 56 yoshli argentinalik Xose Karlos Fantagutssi va 37 yoshli gretsiyalik Antonio Sarioglu bosh murabbiy assistentlari bo‘lishsa, 36 yoshli misrlik Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf jismoniy tayorgarlik bo‘yicha murabbiy yordamchisi hisoblanadi.
Ektor Kuper faqatgina milliy terma jamoa bilan cheklanib qolmasdan, barcha yoshdagi terma jamoalar bilan parallel ish olib borishi, ulardagi milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatlaridan muntazam xabardor bo‘lishi uchun yuqorida nomlari qayd etilgan yordamchilar ko‘maklashishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda