23:08 / 02.08.2018
3 559

Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "Qo‘qon-1912"ga mag‘lub bo‘ldi (video)

Суперлига. "Бунёдкор" Тошкентда "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди (видео)
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Sidiqovning to‘p uzatishidan keyin Jasur Hakimov gol urdi - 0:1. Bahsning 27-daqiqasida Quvondiq Ro‘ziyevning pasidan keyin G‘iyos Komilov gol urdi - 0:2.

Uchrashuvning 65-daqiqasida O‘tkir Yusupov Shahzodbek Nurmatovni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Penaltidan Javlon Ibrohimov gol urdi - 1:2.

O‘yinning 73-daqiqasida Javohir Sidiqovning zarbasi rekoshet hosil qilib darvozaga borib tushdi - 1:3.

Superliga / 20-tur
2 avgust, payshanba

Bunyodkor — Qo‘qon-1912 - 1:3

Gol:
Jasur Hakimov 14, - 1:0 (Javohir Sidiqov), G‘iyos Komilov 27, - 0:2 (Quvondiq Ro‘ziyev), Javlon Ibrohimov 65 penalti, - 1:2, Javohir Sidiqov 73, - 1:3.

“Bunyodkor”: 25. Murod Zuxurov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 8. Javlon Ibrohimov, 9. Shahzod Nurmatov (99. Filip Rayevats, 75), 11. Murod Toshmatov (16. Jasur Jalolidlinov, 83), 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 30. Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (77. Aziz Haydarov, 46).
Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 3. Islom Qobilov, 14. Mirjahon Mirahmadov, 21. Rasul Yuldashev, 62. Jahongir Abdusalomov.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (78. Bexruz Sadilloyev, 77), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich (4. Bahodir Akramov, 66), 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (9. Nosir Otaqo‘ziyev, 68), 79. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 11. Firdavs Asadov, 41. Saveliy Abramov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Muslim Qurbonov.

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 40, Xurshid G‘iyosov 48, Javon Ibrohimov 90+2, Azizbek Haydarov 90+3.
Chetlatish: Akrom Komilov 42.


Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "Qo‘qon-1912"ga mag‘lub bo‘ldi (video)