19:53 / 27.08.2018
4 114

Ravshan Haydarov hakamdan norozi: “Oʻynashga qoʻyib berishi kerak edi”

Ravshan Haydarov hakamdan norozi: “Oʻynashga qoʻyib berishi kerak edi”
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo oʻyinlari chorak finali doirasida Janubiy Koreyaga qarshi kechgan oʻyindan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oʻyin davomida 3:2 hisobida oldinda borgan Oʻzbekiston vakillari qoʻshimcha boʻlimlar yakunida penaltidan oʻtkazilgan gol tufayli 3:4 hisobida magʻlub boʻlishdi va Osiyo oʻyinlarini tark etishdi.

Ravshan Haydarov oʻyinni boshqarib borgan saudiya arabistonilik Muhammad Al-Hoishning qarorlaridan norozilik bildirgan.

«Katta oʻyin boʻldi, ammo bu oʻyinda biz yutqazdik. Magʻlubiyat uchun muxlislarimizdan uzr soʻraymiz.

Futbolchilar borini berib oʻynashdi, buning uchun ularga rahmat. Oʻyin davomida bir qancha xatolar boʻldi, raqib juda kuchli edi, bosim katta edi. Shu xatolar evaziga gollar oʻtkazdik.

Oʻyinning maʼlum qismida ustunlik qildik, hisobda oldinda bordik. Ammo afsuski, oʻyin oxirida charchoq bilindi, 10 kishi boʻlib qoldik.

Oʻylaymanki, hakam xatolarga yoʻl qoʻydi. Hakam oʻyin tempiga mos harakat qilmadi. Shiddatli va hissiyotlarga boy oʻyin kechayotganini hakam toʻgʻri tushunishi kerak edi.

Penalti berilgan vaziyatda ham qoida buzilmagandi. Bu oʻyin natijasiga taʼsir koʻrsatgan xato qarorlar boʻldi», deya murabbiyning soʻzlarini keltirgan “Kun.uz” muxbiri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov hakamdan norozi: “Oʻynashga qoʻyib berishi kerak edi”