Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida uloq koʻpkari bahslarida Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 6 sentyabr kuni turnirning asosiy favoriti Qozogʻiston koʻpkari terma jamoasi bilan bahs oʻtkazib, 5:4 hisobida gʻalabaga erishdi.
Endi oʻzbekistonlik uloqchilar finalda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya termasi ustidan yirik hisobda gʻalabaga erishgan.
Qayd etish kerakki, Qozogʻiston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, Oʻzbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yoʻl olmagandi. Qozogʻiston endi rossiyaliklar bilan uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.
Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 3 sentyabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5 sentyabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida magʻlub etgan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi