10:27 / 13.09.2018
3 826

Oʻzbekistonning Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasidagi taklifiga RFI qanday javob berdi?

Oʻzbekistonning Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasidagi taklifiga RFI qanday javob berdi?
OʻFAning bir guruh vakillari Dilshod Saidmurodov, Joʻrabek Sabdarov va Sanʼat Sharipov Rossiyada xizmat safarida boʻlib kelgani haqida avval xabar berib oʻtgandik. Ular Rossiya futbol Ittifoqi prezidentining huquqiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Denis Rogachev bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Uchrashuvdan asosan 2 ta maqsad koʻzlangan edi. RFIning huquqiy boʻlimlari faoliyati muhokama qilish hamda oʻrganilayotgan tajribalar asosida Oʻzbekistonda ham FIFA talablariga mos holda ishlaydigan quyidagi huquqiy boʻlimlarni yaratish:

- Tortishuvlarni hal etish palatasi;
- Appelyatsiya qoʻmitasi;
- Futbolchining mavqei boʻyicha qoʻmita;
- Agentlar boʻyicha qoʻmita.

Birgina “Tortishuvlarni hal etish” palatasida 22ta odam ishlasa qolgan boʻlimlarda ham 7 kishidan 25 kishigacha xodim mehnat qiladi. Rais va uning yordamchisi, kasaba uyushmalaridan 10 kishi va klublardan ham shuncha ishchi qoʻmita aʼzolari hisoblanishadi. Ular tez-tez yigʻilib turishadi va koʻplab masalalarni muhokama qilishadi.

Agar shikoyat beriladigan boʻlsa, avvaliga “Futbolchining mavqei boʻyicha” qoʻmitaga chiqiladi, undan soʻng Mehnat shartnomasiga qaraladi. Shunda ham muammo hal boʻlmasa ish Lozannadagi Sport Arbitraj sudiga uzatiladi.

Mutaxassislarimiz shu yilning noyabr oyida Oʻzbekiston klublaridagi futbolchilar uchun maxsus huquqiy seminar tashkil qilish rejada borligini aytib, RFIdan vakillarni ushbu seminarga taklif etishdi va bu taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Shundan soʻng, OʻFA vakillarini RFI texnik direktori Andrey Leksakov qabul qildi. Uchrashuv davomida milliy terma jamoalarning bazasi boʻlgan U-15, U-16 va boshqa kattaroq yoshdagi futbolchilar oʻrtasidagi musobaqalarni tashkil qilish borasida qiziqish bildirishdi. Bu yildan boshlab Granatkin xalqaro musobaqasiga Oʻzbekiston vakillari ham taklif qilinadigan boʻldi. Leksakov mini-futbol, plyaj futboli, ayollar futboli borasida ham oʻzaro hamjihatli musobaqalar tashkil qilishga hayrixoh ekanligini bildirdi.

Oʻzbekistonlik murabbiylarni oʻqitish va lizensiyalar borish borasida ham rossiyalik mutaxassislar oʻz yordamlarini ayamasliklarini taʼkidlashdi va oʻzbekistonlik murabbiylarning Rossiyaga malaka oshirishlarida koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini aytib oʻtishdi.

Uchrashuvda Rossiya uchun Osiyo futboli qiziq ekanligi koʻp bor tilga olinib, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston bilan hamkorlik ayni muddao boʻlishi taʼkidlandi.

OʻFA vakillari suhbat soʻnggida Rossiya futbol Ittifoqi xodimlariga Oʻzbekiston hamda Rossiya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazish taklifi bilan chiqdilar. Bunga javoban RFI vakillari Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan boʻlib oʻtadigan suhbatda bu mavzuga batafsil toʻxtalishga vaʼda berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonning Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasidagi taklifiga RFI qanday javob berdi?