Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati Madrid shahridagi La Liga qarorgohida boʻlib, tashkilot rahbariyati bilan uchrashgan va uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishilgandi.
Shuningdek, oʻsha uchrashuvda La liga rahbariyati oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshishga, mutaxassislarni Oʻzbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan oʻrtoqlashishga, jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etishga tayyor ekanini maʼlum qilgandi.
Ushbu kelishuvga asosan, joriy yilning 13 oktyabr kuni Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi. 14 oktyabr kuni Azamat Abduraimov boshchiligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mazkur oʻrtoqlik oʻyini Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi uchun tajriba toʻplab, jamoani shakllantirishga katta yordam berishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston MTJ noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-14 o‘smirlar jamoasi Ispaniya klubini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston U-14 va «Eybar» U-15 jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Azamat Abduraimov: «Eybar»ga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qilamiz»

O‘zbekiston MTJ Toshkentda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi