20:43 / 07.11.2018
3 953

Odil Ahmedovning goli «Shanxay SIPG»ga chempionlikni olib keldi (foto)

Odil Ahmedovning goli «Shanxay SIPG»ga chempionlikni olib keldi (foto)
Xitoy chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Beyjin Jenxe» jamoasini qabul qildi. Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Odil Ahmedov o‘zining ajoyib zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida U Ley hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Mehmonlar bitta to‘p bilan javob qaytarishdi.

Odil ushbu uchrashuvning 64-daqiqasida zaxiraga olindi. Shu tariqa, hamrtimiz jamoasi muddatidan oldin Xitoy chempionligini qo‘lga kiritdi.

Xitoy Superligasi, 28-tur

«Shanxay SIPG» – «Beyjin Jenxe» 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 20 Ahmedov, 2:0 – 47 U Ley, 2:1 – 65 Diop.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedovning goli «Shanxay SIPG»ga chempionlikni olib keldi (foto)