Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr kecha "Bavariya" (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bunday uchrashuvlar Bundesliga uchun ajoyib reklama bo‘ladi deb hisoblayman. Dastlabki 30 daqiqada raqib maydonda ustunlik qildi. Aytishim lozimki, bu mavsum men bunday kuchli “Bavariya”ni ko‘rmagandim. Ammo, tanaffusdan so‘ng biz yaxshiroq o‘ynadik. Xatto, hisob 1:2 bo‘lib turganda ham biz hujum qilishdan to‘xtamadik, chunki g‘alaba qozonishimiz mumkinligini sezgandik. Biz ushbu natijadan to‘liq qoniqish xosil qildik. Lekin, maqsadga yetishish uchun oldinda yana ko‘p ishlar qilishimiz kerak”, - deydi Favr.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng “Borussiya” Dortmund o‘z peshqadamligini saqlab qoldi, bundan tashqari o‘zining prinspial raqibi hisoblangan “Bavariya” bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda