18:50 / 16.11.2018
3 039

«Bunyodkor» FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilinadi

«Bunyodkor» FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilinadi
Xalqaro futbol uyushmasi FIFA O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlash talabi bo‘yicha shu yilning sentyabr oyida rasmiy murojaat bilan chiqqandi.

O‘FA mazkur talab yuzasidan Professional futbol ligasini xabardor qildi. Biroq hozirgi kunga qadar “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlanmadi. Shuningdek, mazkur muammoning asosiy sababchisi bo‘lgan ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasi rasman yopilgani bo‘yicha ma’lumot ham taqdim etmadi.

FIFA nizomiga ko‘ra, uning tasarrufida bo‘lgan futbol assotsiatsiyalari talabni so‘zsiz bajarishi shart. Yo‘qsa, tashkilot birinchi navbatda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga nisbatan o‘z sanksiyalarini qo‘llaydi. Vaziyat jiddiylashsa, O‘FAning xalqaro maydondagi o‘yinlarda ishtirok etish masalasi ham xavf ostida qolishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, endilikda O‘FA Ijroiya Qo‘mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16 noyabr kuni qabul qilingan №17 qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda “Bunyodkor” futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi. Bu boradagi maktubga tashkilot rasmiy shaxslari imzo chekdi. PFL FIFA tomonidan qo‘yilgan ushbu talabni so‘zsiz bajarishi, uning matbuot xizmati esa bu haqda jamoatchilikni xabardor etishi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» FIFA talabiga ko‘ra 6 ochkodan mahrum qilinadi