Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Unga joriy mavsum Turkiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Istanbul Bashakshexir" klubi jiddiy qiziqish bildira boshladi.
“Mesut O‘zil – bebaho o‘yinchi. Umid qilamanki bir kun kelib albatta u bilan yo‘llarimiz tutashadi. Agar u ham safimizga o‘tishni xohlasa, biz uni sotib olish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi "Istanbul Bashakshexir" klubi prezidenti Gyoksel Gyumyushdag.
Ma’lumotlarga qaraganda turk klubi qishki transferlar davrida 30 yoshli germaniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishga urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Bashakshexir" klubida ayni damda "Arsenal"ning sobiq futbolchilari Gael Klishi hamda Emmanuel Adebayorlar to‘p surishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi