O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Osiyo Kubogi musobaqasiga davom etayotgan tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi kun juda samarali o‘tdi. OFK tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda qatnashdik, yig‘ilish davomida ko‘plab muhim ma’lumotlar haqida xabardor bo‘ldik. Ayniqsa, musobaqa davomida amal qiladigan qoidalar bilan yaqindan tanishganimiz foydali bo‘ldi. Futbol qoidalarida muntazam ravishda o‘zgarishlar bo‘layotgani, yanada mukammallikka intilishayotgani yaxshi albatta. Osiyo Kubogi davomida ushbu qoidalarga amal qilishga intilamiz.
Musobaqa boshlanishini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Birinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ketyapti. Ko‘proq kombinatsion o‘yin namoyish qilishga, tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga e’tibor qaratilmoqda. Murabbiy bizdan maydonda borimizni berib o‘ynashni talab qilyapti. Biz uning bu talabini to‘liq bajarishga harakat qilamiz", - deydi Anzur Ismoilov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi