UFC yengil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi hamda murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining UFCdagi kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Agarda Zubayra Tuxugovni promoushendan haydashsa, Xabib ham UFCni tark etadi bu borada u bir qarorga kelgan. Bunday vaziyatda pul emas, do‘stlar va yaqinlar o‘rtasidagi munosabat birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Bir jamoa bo‘lib 5 yil faoliyat olib borgan insonni qiyin ahvolda tashlab ketish bu bizning an’analarimizga to‘g‘ri kelmaydi.
Promoushen Zubayra borasida bir qarorga kelmaguncha, Xabib bilan muzokaralar ham olib borilmaydi, - dedi Abdulmanap.
Eslatib o‘tamiz, UFC 229 turniri doirasida tashkillashtirilgan Xabib - Konor bellashuvidan so‘ng jangchilarning jamoalari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgandi. Tuxugov oktagonga kirib MakGregorga tarsaki tushirgani sababli promoushen prezidenti Dana Uayt chechenistonlik sportchini haydab yuborishga tayyor ekanligini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi