14:53 / 14.01.2019
3 899

Kecha "Spartak" bosh murabbiyi futbolchilarimizning o‘yinini kuzatib bordi

Kecha "Spartak" bosh murabbiyi futbolchilarimizning o‘yinini kuzatib bordi
Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi Oleg Kononov kecha Dubaydagi “Rashid” stadionida kechgan Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda O‘zbekiston (4:0) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi. Bu haqda rus nashrlari xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda rossiyalik mutaxassis ushbu bahsga o‘zbekistonlik futbolchilarni kuzatish maqsadida kelgan. Musobaqa yakunlangach katta ehtimol bilan hamyurtlarimizdan biri Rossiya grandi safiga o‘tadi. Biroq, ushbu futbolchi kimligi haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kecha "Spartak" bosh murabbiyi futbolchilarimizning o‘yinini kuzatib bordi