16:38 / 18.01.2019
4 007

Tezkor xabar! PFL xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi

Tezkor xabar! PFL xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi o‘zbek futbolida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlarni yo‘qotish va ularga qarshi kurashish yo‘lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday noqonuniy harakatlar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va tegishli huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tekshiruv ishlari natijasida PFL Sport bo‘limi mutaxassisi Rodion Kondratev ta’magirlik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

U Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani "Yoshlar Ittifoqi"ning "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun litsenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan. Bu haqida xabar topgan O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratev O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining yonida 1 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasida jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Endilikda Rodion Kondratev o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. Shuningdek, Rodion Kondratev bilan birgalikda mana shunday ta’magarlikka qo‘l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu holat mana shunday nopok maqsadlarni ko‘zlab yurgan boshqa shaxslarga ham ibrat bo‘lishiga umid bildirib, kimki poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi illatlar orqali o‘zbek futboli rivojiga to‘sqinlik qilishga urinadigan bo‘lsa, qonunda belgilangan qat’iy jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! PFL xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi