Toshkentning «Paxtakor» klubi uch nafar yangi futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazdi.
PFL sayti xabariga ko‘ra, ular – Akrom Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev va Aziz Turg‘unboyev. «Paxtakor» rasmiylari har uchala futbolchi bilan tuzilgan shartnomalarni taqdim qilgan. PFL tez orada ularning ro‘yxatini Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun OFKga jo‘natadi.
Shu o‘rinda, o‘tgan mavsumda «Navbahor» sharafini himoya qilgan Aziz Turg‘unboyev bilan bog‘liq vaziyat e’tiborga loyiq.
1 yanvar kuni «Paxtakor» futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi.
Biroq, oradan bir necha soat o‘tgach, «Navbahor» klubi Turg‘unboyevning 2020 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi borligini va u hech qayerga ketmagani haqidagi xabarni tarqatdi. Keyinroq futbolchining o‘zi vaziyatga izoh berib: «Yakuniy qarorim - «Navbahor»da qolib, chempionlik marrasini zabt etish. Mana shunday sharoitlarni yaratib berayotgan rahbarlar va muxlislar uchun jamoada qolishga qaror qildim», - degan edi. Bu so‘zlar «Navbahor»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tarqatildi.
PFL xabariga ko‘ra, Aziz Turg‘unboyevning «Paxtakor» futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilish jarayonida, klub tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan va hozircha uning «Paxtakor» safida o‘ynashiga to‘sqinlik qiluvchi jihat topilmagan. Ya’ni, Turg‘unboyev «Paxtakor» bilan shartnoma imzolagan.
«Navbahor» klubi esa bunday shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilmadi. Agar Aziz Turg‘unboyevning «Navbahor»dan «Paxtakor»ga o‘tishida qandaydir qoida buzilishi aniqlansa, unda qoida buzgan taraf (futbolchi yoki ikki klubdan biri) albatta jazolanadi, deyiladi PFL xabarida.
Kun.uz nashrining ma’lumot berishicha, ayni paytda «Paxtakor» uni Dubayga, o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chorlayotgan bo‘lsa, «Navbahor» Qrimga o‘z yig‘iniga chaqirmoqda. Demak, katta ehtimol bilan futbolchining namanganliklar bilan imzolagan amaldagi shartnomasi ham bor.
Xo‘sh, Aziz Turg‘unboyev «Navbahor»dami yoki «Paxtakor»da? Hozircha, PFL xabariga «Navbahor» klubi hech qanday munosabat bildirmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi